Bugun Toshkent viloyati Parkent tumani hududida "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatiga ajratilgan hududda daraxt ekish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbirda Aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati, "Toshkent MET" filiali, Parkent tuman hokimligi va tuman prokuratura xodimlari ishtirok etib, 1 500 dan ziyod yapon safurasi va kapalpa turli daraxt kochatlari ekildi.
Ekologik hashar yakunida xashar qatnashchilariga hashar dasturxoni yozildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati