Tadbirni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D. A. Isaqulov ochib berib, Bosh qomusimiz qabul qilinganining 32 yilligi bilan barchani samimiy muborakbod etdi. Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotgani Aksiyadorlik jamiyati rahbari tomonidan alohida e‘tirof etildi.
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kirdi. Bunga 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz turmush tarzini yuksaltirish yo‘lida qabul qiladigan qonunlarimiz uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati elektr-energetika sohasida ko‘p yillik samarali mehnati, shuningdek, 2024-yil mobaynida ish jarayonida yaxshi natijalarga erishganligi uchun 10 nafar xodimlarimiz “O‘zbekiston MET” AJ hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga o‘zining samarali mehnatini qo‘shgani uchun yana 10 nafar xodimlarga Tashakkurnoma e’lon qilindi.
Shu bilan birga, 20 yilga yaqin energetika sohasida samarali mehnat qilgan Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi xodimasi — Yusupxanova San’atxon nafaqaga chiqayotgani munosabati bilan esdalik sovg‘asi topshirildi.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5909
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati