Yangiliklar
Joriy yil noyabr oyida 1 614 ta isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi
  • 06.12.2024
  • 68

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev maʼlum qildi.

Maʼlumki, joriy yilning noyabr oyi – “Energetika xavfsizligi oyi” deb eʼlon qilingan edi. Unga ko‘ra noyabr oyida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 1 ming 614 ta isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

 Unga ko‘ra 24,1 mln metr kub tabiiy gaz (70,1 mlrd so‘m) va 38,6 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (90,4 mlrd so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami  160,6 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

 Isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha

876 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tabirlarida aniqlangan holatlarning

547 tasi elektr energiyasi, 329 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi.

 Yoqilg‘i energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha 4 583 ta isteʼmolchilarga profilaktika tadbiri o‘tkazildi.

 Isteʼmolchilarni elektr energiyasidan behuda, yaʼni kunning yorug‘ davrlarida yoritish chiroqlaridan foydanish kabi 5 960 ta holati aniqlandi. Shundan 1 ming 24 ta holatda maʼmuriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan isteʼmolchining mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 ta korxonaga nisbatan moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.

 Hududlardagi podstansiyalar va transformator punktlaridagi kontaktlar va boltli birikmalarida paydo bo‘layotgan qizishlarni aniqlash bo‘yicha teplovizor ko‘riklari amalga oshirildi. Unga ko‘ra 3 ming 53 ta podstansiya va transformator punktidagi elektr qurilmalarning 2 ming 192 tasida meyoridan ortiq qizish holatlari aniqlandi.

Mazkur aniqlangan holatlarning 1 ming 301 tasi bartaraf etildi.

 Energetika xavfsizligi oyi davomida 466 ta energiya isteʼmoli yuqori bo‘lgan tashkilot va korxonalarda tashkiliy texnik tadbirlarni tashkil etildi hamda 248 ta isteʼmolchilarga suyultirilgan gazni yetkazib berish holatlarni o‘rganildi.

 Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida

AYOQSH va korxonalardan  olingan tahlil naʼmunalaridan 12 ta holatda 47,1 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

 Inspeksiya tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy quvvati 245 MVt bo‘lgan jami 757 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 497 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanishiga ruxsat berildi.

Shuningdek, energetika obyektlariga tegishli 129 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 35 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.

 Energoauditorlar tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslari isteʼmolchilarini energetika tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan 31 ta dastur ko‘rib chiqilib, shundan 12 tasining kamchiliklari ko‘rsatilgan holda qaytarildi. Shuningdek, korxonalarda energoaudit tekshiruvi o‘tkazilishini jadallashtirish yuzasidan 48 ta korxonaga ko‘rsatmalar berildi.

 Energiya resurslaridan ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar taʼminoti barqarorligiga jiddiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

 Hurmatli tadbirkorlik subyektlari, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yo‘li bilan qonunga zid ravishda foydalanish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar ko‘rilishini unutmang!

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/48287

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>