Yangiliklar
Kasaba uyushmasi vakillari ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Buxoro viloyatida o‘tkazildi
  • 05.12.2024
  • 75

2024-yil 4-dekabr sanasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali maʼmuriy binosida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublikasi kengashi rais o‘rinbosari — xalqaro bo‘lim mudiri To‘xtayev Saidmurod va “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Nodira Xidirova tomonidan Filial ishchi-xodimlariga ularning haq-huquqlari, kasaba boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

«Buxoro MET» filiali maʼmuriy binosida o‘tkazilgan sayyor qabulda Filial ishchi-xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Tadbir davomida mavjud muammolar va takliflar tahlil qilindi. Sayyor qabulda qayd etilgan murojaatlarga masʼullar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra yozma javoblar berilishi maʼlum qilindi.

Muloqot davomida har bir xodim uchun bilishi manfaatli bo‘lgan sog‘likni tiklash, dam olish maskanlari, sanatoriylarga oilaviy yo‘llanmalar vaularning to‘lov shakllari xsusida maʼlumotlar berildi. Sayyor qabulda «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filialidan 27 nafar ishchi-xodim ishtirok etdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>