Prezident Administratsiyasi va Bosh prokuratura tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda, "O‘zenergoinspeksiya", Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar va Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” korxonalari hamda ularning hududiy, tuman bo‘linmalari, boshqaruv servis kompaniyalari ishtirok etdi.
Shuningdek, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash instituti professori A.Isakov tomonidan Toshkent shahrida energiya resurslarini iqtisod qilish, yo‘qotishlarni kamaytirish borasida ilmiy yondashuv asosida o‘rganilgan ishlar hamda ishlab chiqilgan takliflar birma bir barcha seminar ishtirokchilariga yetkazilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Tadbir yakunida mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan energiya resurslaridan behuda foydalanish holatlarini oldini olish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, iste’molchilar orasida resursni iqtisod qilish borasidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari kuchaytirish, elektr energiyasini behuda sarflash holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/6029
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati