Yangiliklar
500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ining borish qiyin bo‘lgan hududlarida maxsus belgilar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda
  • 04.12.2024
  • 85

Yodingizda bo‘lsa, Magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarning 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakuniga bag‘ishlab 2024-yil 9-oktabr sanasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov 110–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida olib boriladigan ko‘rik ishlarining samaradorligini oshirish, yaʼni borish qiyin bo‘lgan hududlar, muhofaza zonasidagi yangi qurilishlar, daraxtzorlarni aniqlash hamda avariyaviy holatlar sodir bo‘lganda elektr tarmog‘ining shikastlangan joyini qisqa muddatlarda topish maqsadida o‘chuvchisiz o‘chish apparatidan foydalanish joriy etilgani, Haqida xabar bergan edi.

Shuningdek, avariyaviy holat sodir bo‘lganda holatni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, borish qiyin bo‘lgan tayanchlargacha (tog‘li, qir-adirli hududlarda) yo‘laklar barpo etilib, daryo o‘zanlarida va tog‘ yonbag‘rlarida joylashgan tayanchlarni sel-toshqin taʼsiriga tushishini oldini olish choralari (qo‘shimcha ariqlar barpo etildi) ko‘rilayotgani haqida maʼlumot berib o‘tgan edi.

⚡️ Aynan shu kabi ishlar mavsum davomida ham amalga oshirilmoqda. Misol uchun, «Namangan mangistral elektr tarmoqlari» filiali Liniyalar xizmati tomonidan “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida maxsus belgilar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Texnik-muhandislik nomi L-524 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘ining tog‘li hududdagi tayanch ustunlariga chiqish yo‘llarini bildiruvchi belgilar avariyaviy holat sodir bo‘lganda holatni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida o‘rnatiladi.

FacebookInstagramYouTube ‖

https://t.me/minenergy_uz/13915

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>