2024-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumida energetika, kommunal va ijtimoiy soha obyektlarining barqaror ishlarini ta’minlash, aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha berilgan topshiriq ijrosi bajarish ishlari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham davom ettirilmoqda.
Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan mazkur videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 8-iyulida “2024–2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yanada samarali tashkil etish to‘g‘risida” 3-son buyrug‘iga binoan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2024-yil 10-iyuldagi 8-sonli buyrug‘i tasdiqlangan edi.
Topshiriqlar ijrosini bajarish maqsadida «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarufidagi 500 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasi, shuningdek, Liniyalar xizmati Chirchiq guruhi, “Ortaovul markaziy omborxonasi” va “Do‘nqo‘rg‘on markaziy omborxonasi” obyektlarida favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati