Yangiliklar
220/110/10 kVli «Sardor» podstansiyasidagi 200 MVA quvvattli avtotransformatorning himoya panellari, tok trasformatorlari hamda ajratgichlari yangilanmoqda
  • 05.11.2024
  • 241

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2024/2025-yil kuz-qish mavsumidagi taʼmirlash-sozlash hamda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, «Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish» investitsiya loyihasini dasturining 1-fazasiga asosan, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220/110/10 kVli «Sardor» podstansiyasida elektr ta’minoti ishonchliligini yanada oshirish maqsadida, 200 MVA quvvattli  avtotransformatorning himoya panellari, tok trasformatorlari hamda ajratgichlari yangi, zamonaviy uskuna va jihozlarga almashtirishtirilmoqda.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>