Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida umumiy quvvati 456,6 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha ma’lumot.
Loyihani amalga oshirish uchun asos:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi PQ-85 sonli “Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori;
Loyiha maqsadi:
Surxondaryo viloyatining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish;
Loyihaning umumiy qiymati:
Loyihaning umumiy qiymati 260 mln AQSH dollari.
Loyihaning amalga oshirish muddati:
2023-2024-yillar;
Moliyalashtirish:
“Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA)
Pudratchi tashkilot:
China Machinery Engineering Corporation (Xitoy);
Loyihachi:
CSPDR (Xitoy), Teploelektroproyekt (O‘zbekiston);
Loyihaning umumiy ma’lumotlari:
• Qurilish maydoni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan. Loyiha uchastkasi Sherobod va Termizni bog‘laydigan M39 yo‘lidan 20 km g‘arbda joylashgan. Shimoldan janubga o‘tuvchi eski asfalt yo‘l bilan bo‘lingan.
• Loyihaning asosiy qurilish ko‘lami 632 gektar maydonda olib borildi. O‘rnatilgan elektr quvvati 500 MVA, chiqishi 456.6 MVt tashkil qildi.
• Loyiha doirasida 889,840 dona quyosh panellari, 8366 treker tizimlari, 1,560 ta invertorlar, 52 ta 0.8/35 kV transformatorlar, 35/220 kV yangi podstansiya (2 dona 250 MVA asosiy transformator) va elektr stansiyaga tutash yangi 220/110/10 kV podstansiya (2 dona 125 MVA transformator) va yangi podstansiyani 500 kV kuchlanishli «Surxon» podstansiyasiga ulash uchun 2 x 50.5 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyasi qurilgan.
Loyihaning hozirgi holati:
• Barcha quyosh panellari, invertorlar, transformatorlar o‘rnatib bo‘lingan.
• 220 kV kuchlanishli podstansiyadagi elektr ulanish ishlari, yuqori kuchlanish sinov ishlari, rele himoya va avtomatika ishlari yakuniga yetkazilgan.
• Boshqaruv binosi, YTQ/35 kV binolari qurilishi tugatildi va ichidagi panel va kabel montajlari yakuniga yetkazildi.
• Loyiha 2024-yilning 31-yanvarida tarmoqqa ulandi va 2024-yilning 6-fevralidan boshlab elektr energiyasi ishlab chiqarish boshlandi. Joriy yilning iyun oyidan loyiha to‘liq quvvatda ishlamoqda.
Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi:
2024-yilning 13-iyulgacha bo‘lgan muddatda loyiha doirasida tarmoqqa jami 494.4 GV/soat miqdorida elektr energiyasi yetkazib berildi.
«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali
https://t.me/axborot_xizmati/39113
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati