Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarining Elektr uzatish havo liniyalari xizmatlari tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda. Nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari bajarilmoqda.
⚡️ Misol uchun, «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari Andijon viloyati hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-504 bo‘lgan magistral elektr tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdi. Filial ishchi-xodimlari tomonidan 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati