Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarining Elektr uzatish havo liniyalari xizmatlari tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda. Nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari bajarilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining qo‘shni Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L–525 bo‘lgan magistral elektr tarmog‘ida olib borayotgan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, L-525-sonli magistral elektr tarmog‘i 500 kV kuchlanishli «Lochin» hamda «O‘zbekiston» podsitansiyalarini bog‘lab, Markaziy Osiyo davlatlari elektr energetikai halqa tizimi faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash jarayoni yosh muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy tarzda tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ustoz–shogird an’analariga ko‘ra amaliy ish jarayonida yosh kadrlarga nazorat ko‘rigi hamda ta’mirlash-sozlash ish jarayoni o‘rgatib boriladi. Shu bilan birga, yosh muhandislar malakasini oshirish uchun bir necha boshqichli o‘quv kurslari tashkil etilgan bo’lib, xorij tajribasini o‘rganish yamaliyoti mavjud.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
https://t.me/minenergy_uz/12838
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati