Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida avariyaga qarshi mashg‘ulotlar amaliyot jarayoni bilan uyg‘un holda olib borilmoqda
  • 30.08.2024
  • 155

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarining Elektr uzatish havo liniyalari xizmatlari tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda. Nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari bajarilmoqda.

Shu bilan birga, avariyaga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayoni yosh muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy tarzda tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ustoz–shogird an’analariga ko‘ra amaliy ish jarayonida yosh kadrlarga nazorat ko‘rigi hamda ta’mirlash-sozlash ish jarayoni o‘rgatib boriladi.  Bundan tashqari, yosh muhandislar malakasini oshirish uchun bir necha boshqichli o‘quv kurslari tashkil etilgan, xorij tajribasini o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida olib borayotgan avariyaga qarshi mashg‘ulotlari aks etgan.

Facebook  ‖ InstagramYouTube

 

https://t.me/minenergy_uz/12748

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>