Jahon banki ko‘magida xodimlarni ilg‘or texnologiyalar bilan tanishtirish hamda Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislarining bilim-saviyasini oshirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi “Energoinform” kompaniyasi bilan hamkorlikda 60 nafar magistral elektr tarmoqlari operativ xodimlarini «220–500 kV kuchlanishli podstansiyalar tezkor xodimlarning funksiyasi va vazifalari» mavzusida malakasini oshirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishilgan edi.
2024-yil 26-avgust sanasidan onlayn malaka oshirish kurslari o‘z ishini boshladi. Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari innovatsion texnologiyalar hamda favqulodda sodir bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan yangi metodik ishlanmalar bilan tanishmoqdalar.
✍️ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati