Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vaziriligi tomonidan “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali kuz-qish mavsumiga “Tayyor” deb baholandi
  • 27.08.2024
  • 154

2024-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024- yil 8-iyuldagi 2024–2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar hamda yirik avariyalarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yana-da samarali tashkil etish to‘g‘risida 3-son buyrug‘i, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining  2024-yil 10-iyuldagi 8-son buyrug‘i asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 

 

Joriy yilning 22–23-avgust kunlari Navoiy viloyatida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Ximiya” podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish mavzusida o‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotiga ijobiy xulosa berildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari tomonidan “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali jamoasiga minnatdorlik bildirildi. Filial mutaxassislari qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotida faol qatnashgani inobatga olinib, Favqulodda vaziyatlar vaziri — general-mayor Qo‘ldoshev Abdulla Xamidullayevich tomonidan “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali kuz-qish mavsumiga “Tayyor” deb baholandi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>