♦ Institut Energetika fakulteti vakillari “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJning “Fargʻona magistral elektr tarmoqlari” filiali faoliyati bilan tanishishdi.
Ta'lim muassasa vakillari va boshqarma rahbariyati ishtirokida hamkorlik yoʻnalishlarini kegaytirish, istiqbolli rejalar muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda, korxona rahbari Sh.Kamilov, korxonadagi joriy holat, ekspluatatsiyada mavjud muammolar va rejalashtirilgan ishlarga to'xtaldi. Oʻquv jarayonlarini ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta'minlash, dual taʼlimni yoʻlga qoʻyish va boshqa muhim masalalar boʻyicha Energetika fakulteti dekani M.Oʻzbekov ma'lumot berdi. Shundan so'ng, “Elektr energetikasi” kafedrasi mudiri I.X.Xoliddinov, oliygoh professor-oʻqituvchilari va talabalarini amaliyotga jalb etish boʻyicha bir qator takliflarni aytib o'tdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Unga koʻra, 2024-2025 oʻquv yilida korxonada dual taʼlim, stajirovka, 120 nafar talabalar amaliyotini tashkil etish masalalari kelishib olindi. Shuningdek, korxonada "Elektr energetikasi" kafedrasi filiali ochildi.
Manba: https://t.me/ferpolitech/11559
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati