Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar, jumladan mustaqil ishlab chiqaruvchilar va yirik isteʼmolchilarning magistral elektr tarmoqlariga ulanishini soddalashtirish hamda ularga teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qoidalar magistral elektr tarmoqlarini rejalashtirish hamda uni xavfsiz va ishonchli ekspluatatsiya qilish, magistral elektr tarmoqlariga ulanish va undan foydalanish huquqlariga doir talablar hamda ularning ishlash tartibini belgilash sohasidagi, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarining taqsimlash tizimlariga ulanishdagi munosabatlarni tartibga soladi.
▶️ Batafsil
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati