Bugun, 2024-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 9-noyabrdagi PQ–363-sonli qaroriga asosan Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsion loyihasi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va xalqaro talablar darajasida olib borilishini nazorat qilish uchun “SMEC International Pty. Limited” (Avstraliya) konsalting kompaniyalari o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Konsorsiumning asosiy vazifalari: Eskirgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va 4 ta 220 kVli podstansiyalar hamda O‘zbekistonning 7 ta viloyatida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish jarayonida loyiha amalga oshirish guruhiga ko‘maklashish.
Loyiha amalga oshirishdan maqsad: O‘zbekistonning 7 ta viloyatida mavjud yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari hamda podstansiyalarning barqaror va ishonchli faoliyatini ta’minlash va iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
✍️ Investitsiya bosh boshqarmasi
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati