«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni ma'lum qiladiki, 220 kV kuchlanishli «Amu» podstansiyasidagi tok transformatorida qisqa muddatli ta'mirlash-sozlash ishlari olib borilishi zaruriyati tufayli bugun, 2023-yil 5-oktabr kuni soat 13:00 dan 14:00 gacha Surxondaryo viloyati Termiz tumanining ayrim hududlari iste'molchilari elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⚡️ Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.
✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali:
220 kV kuchlanishli «Amu» podstansiyasidagi tok transformatorida olib borilgan qisqa muddatli ta'mirlash-sozlash ishlari belgilangan vaqt oralig‘ida muvaffaqiyatli yakunlandi.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati