✅ Navoiy viloyatida joylashgan "Hayat Power Cable Systems" korxonasi respublikamizdagi yetakchi kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri.
✅ "O'zeltexsanoat" uyushmasi "Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytrish va importni optimallashtirish boshqarmasi" ma'sul xodimlari tomonidan ushbu korxonada davlat tashkilotlari va mahalliy korxonalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
✅ Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad importni optimallashtirish uchun kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdan iborat bo'ldi. Tadbirda davlat tashkilotlari va bir qator tarmoq korxonalari vakillari ishtirok etdilar.
✅ Tadbir ishtirokchilari "Hayat Power Cable Systems" korxonasidagi ishlab chiqarish jarayoni, laboratoriya-sinov texnologiyalari, mahsulotlar sifati, turi, kafolati va korxona imkoniyatlarini o'zida aks ettirgan ma'lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Bugungi kunda ushbu korxonada barcha turdagi, xatto respublikada analogi yo'q 110-120-kVt kuchlanishda ishlovchi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati mavjud.
✅ Bundan tashqari, ushbu korxona ISO:9001, ISO:17025 kabi laboratoriya muvofiqligini baholash standartlariga ega. Korxona o'z mahsulotlarini so'nggi vaqtlarda Turkiya, Eron kabi xorijiy davlatlarga, shuningdek, respublikamizda o'z loyihasini amalga oshirayotgan "Mitsubishi" kompaniyasiga ham yetkazib berib kelmoqda.
✅ Korxonada hattoki yaroqlilik muddati tugagan kabel-sim mahsulotlarini qayta ishlab, sifatli mahsulot yaratish jarayonlari ham tashkil etilgan.
✅ Uchrashuv so'ngida korxona mutasaddilari va ishtirokchi davlat tashkilotlari o'zaro muzokara olib borib, yaqin kelajakda hamkorlik aloqalarini kengaytirishni maqsad qilayotganliklarini ta'kidladilar.
|| Fb || Tg || Insta || Ytube || Site
Manba: https://t.me/uzeltexsanoat/9724
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati