Jurayev Bahodir Ibragimovich — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
B.Jurayev bunga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Isaqulov Sardor Dadajonovich — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
S.Isaqulov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Markaziy dispetcherlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/8309
https://t.me/minenergy_uz/8310
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati