Tayanch ustunidagi taʼmirlash-sozlash ishlari paytida (bugun, 2023-yil 4-iyul kuni, soat 12:00 dan 12:20 gacha) Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala va Chiroqchi tumani isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli (20 daqiqa) uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⚡️ “O‘zbekiston MET” AJ “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli L-Amir Temur-2 elektr uzatish havo tarmog‘ining 123-sonli tayanch ustundagi nosozlikni bartaraf qilish uchun 110 kV kuchlanishli L-Guliston-2 elektr tarmog‘i qisqa muddatga, yaʼni 20 daqiqa oralig‘ida, vaqtincha tarmoqdan uzilishini maʼlum qilamiz.
❗️Bu vaqt oralig‘ida Ko‘kdala hamda Chiroqchi tumanining bir qismida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati