Avval xabar berganimizdek, “ACWA POWER” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan quvvati 1 500 MVt bo‘lgan yangi IESning birinchi energiya bloki ishga tushirilishi munosabati bilan, 500 kV kuchlanishli L–550 tarmog‘ini ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash texnik-muhandislik amaliyotlarining uchinchi, yakuniy ish kunini mufavvaqiyatli yakunladi.
Ma'lumot o‘rnida: Bugun, 2023-yil 23-iyun kuni, tonggi soat 4:00 dan 11:00 ga qadar «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali hamda boshqa turdosh qurilish-montaj tashkiloti mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) Sirdaryo viloyati mutaxassislari, Sirdaryo viloyat hokimiyati hamda boshqa mas'ul tashkilot vakillari ishtirokida rejalashtirilgan qurilish-montaj ishlarini yakunladi.
⚡️ Ayni paytda tarmoqdan vaqtincha uzilgan iste'molchilarga kuchlanish berish ishlari olib borilmoqda.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati