Avval xabar berganimizdek, Energetika vazirligi tashabbusi bilan 2023-yil 18–20-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida turli yo‘nalishlarni qamrab olgan bir nechta tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bugun, 2023-yilning 20-may sanasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislarida «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazma majmuasida 25-xalqaro Neft va gaz ko‘rgazmasi hamda 3-xalqaro Energetika forumi doirasida o‘tkazilayotgan texnik seminarda faol ishtirok etishmoqda.
Texnik seminar mavzulari:
1️⃣ O‘zbekiston energetika infratuzilmasi energiya samaradorligini joriy etishning ilg‘or mexanizmlari;
2️⃣ O‘zbekiston energetikasining ilg‘or texnologik va moliyaviy mexanizmlari infratuzilmasini joriy etish.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati