⚡️ Avval xabar berganimizdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar barqaror faoliyat yuritmoqda. 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazish jarayoni davom etirilmoqda.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta'mirlash-sozlash ishlari bajarilmoqda.
Misol uchun, “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Yulduz” podstansiyasida sodir bo‘lgan qisqa muddatli avariyaviy o‘chish sabablari aniqlanib, LKrYu–220 havo tarmog‘ining 122-sonli tayanch ustunining yuqori faza simi uzilganligi aniqlandi. Hozirda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida olib boriladigan ta'mirlash-sozlash ishlarining aksariyati iste'molchilarning elektr ta'minotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi, tarmoq yuklamasi boshqa magistral tarmoqlarga o‘tkazilib, ta'mirlash-sozlash ishlari davom ettiriladi.
Axborot xizmati