«O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlari — jonli efirda energiya ta’minotida yuzaga kelgan vaziyatga izoh va tushuntirishlar berildi.
⚡️ Unda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergiyainspeksiya” nazorat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari N.Norboboyev, shuningdek matbuot kotiblari: "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ — M.Bekmuhammedov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ — F.Nuraliyev va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ — U.Urunovlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, jonli efir paytida tinglovchilarga (iste'molchilarga) uzbekistonmet.uz veb-saytida e'lon qilingan «ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI NIMA?» nomli maqola bilan tanishish tavsiya etildi.
Radioboshlovchi jurnalist Ra’no Raupova.
Eslatib o‘tamiz, radiomuloqot kechki dasturlarda takroran efirga uzatilishi mumkin.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube ‖
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati