Is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qiling:
➖ qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;
➖ isitish johozlarini nazoratsiz qoldirmang;
➖ oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
➖ isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;
➖ gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;
➖ xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmang.
Oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda salomatligini asrash oʻz qoʻlingizda!
Маnbа: https://t.me/minenergy_uz/6238
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati