Avval xabar berilganidek, bu safargi «InnoWeek.Uz-2022» haftaligi “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” shiori ostida o‘tmoqda. Haftalik doirasida 30 dan ortiq tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
«InnoWeek.Uz-2022» haftaligi ko‘rgazmasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ham o‘zining asosiy ish faoliyati — yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishdagi innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etmoqda.
⚡️ Misol uchun, Aksiyadorlik jamiyatining ma'muriy binolari hamda elektr ob'ektlarining yordamchi binolari tomlariga o‘rnatilayotgan quyosh kollektorlari hamda panellaridan samarali foydalanish, ichki ehtiyoj quvvatini qoplash ishlanmalari shular jumlasidan.
✍️ Zafar Djurayev, Strategik rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati