O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentyabrdagi PQ–3284-sonli «Jahon banki ishtirokida “Magistral tarmoqlarning kichik stansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq “Farg‘ona MET” filialining 220 kVli "Sokin" podstansiyasidagi U-220 rusumli L-SL-1-220 kV kuchlanishli o‘chirgich (navbatdagi) zamonaviy LTB-245E1-1P-50kA rusumli elegazli o‘chirgichga almashtirildi.
Suratda L-SL-1-220 kV yacheykasini «4-sonli montaj boshqarmasi» qurilish-montash korxonasi hamda 220/110/10 kVli "Sokin" podstansiyasi xodimlari birgalikda demontaj va montaj qilayotgani aks etgan.
✍️ A.Mamatqulov, “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiyalar xizmati boshlig‘i
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati