Online: Ayni paytda Qirg‘izistonning Cho‘pon-Ota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari energetika sohasida mehnat faoliyati yuritayotgan ayollarining birinchi xalqaro sammit-konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizim tashkilotlaridan vakillar, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Xotin-qizlar kengashi raisi Feruza Xadjimuratova ham ishtirok etmoqda.
Seminardan ko‘zlangan maqsad aniq — energetika sohasida ishlaydigan ayollar va mutaxassislar uchun platforma yaratish, gender tengligi va ijtimoiy inklyuziya masalalari, shu bilan birga, bilim-tajriba almashish, kasbiy salohiyat darajasini oshirish hamda muloqot uchun tarmoq yaratishdan iborat.
⇒ Eslatib o‘tamiz, xalqaro sammit-konferensiyasi ishi 2022-yil 9–10-avgust kunlari davom etadi.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati