Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston MET" AJning "Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi"ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 150-sonli buyrug‘iga asosan barcha magistral elektr tarmoqlari korxonalarida Ko‘rik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
"Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi 220/110/10 kVli "Sokin" hamda "Farg‘ona" podstansiyalarida Ko‘rik tadbirlari doirasidagi saralash bosqich musobaqalari o‘tkazildi.
⚡️ Saralash bosqichida har ikki podstansiya xodimlarini Xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda yo‘riqnomalardan o‘zlashtirgan bilimlarini test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkazib, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, himoya vositalarini sifatli ko‘rikdan o‘tkazish, ta'mirlash-sozlash ishlari uchun topshiriqnoma berish, unga asosan ish joylarini tayyorlash va ishga qo‘yish bo‘yicha o‘z bilim-tajribalarini namoyish etishdi.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati