O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJda sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish hamda PQ-5282-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning 1-ilovasiga asosan badminton sport turi bo‘yicha sport musobaqasini o‘tkazish belgilangan edi.
Bugun, 2022-yil 28-may kuni “O‘zbekiston MET” AJ Markaziy boshqaruv apparatida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida badminton sport turi bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Uchqun” sport majmuasida dastlab erkaklar bahsi, so‘ngra ayollar bahsi, musobaqa so‘ngida esa oilalar bahsi bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rinlar uchun o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Ayollar bahsi
1-o‘rin — Yelena Melixova;
2-o‘rin — Sevara Rahmatullaeva;
3-o‘rin — Elmira Gazizova
Erkaklar bahsi
1-o‘rin — Olimjon Tullaev;
2-o‘rin — Kozimxuja To‘xtaev;
3-o‘rin — Mirabzal Mirzaraimov.
Oilalar bahsida
1-o‘rin — Tullaevlar oilasi;
2-o‘rin — To‘xtaevlar oilasi;
3-o‘rin — Atajanovlar oilasi.
✍️ Odiljon Vohidov, Aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi»
E'tiboringizga sport musobaqasida olingan suratlarni havola etamiz:
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati