«O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining 2022-yil 27-apreldagi 97-son buyrug‘iga asosan, “Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori A.Baymuhammedov boshchiligida, bugun 220 kV kuchlanishli «Sirg‘ali» podstansiyasida kengaytirilgan tartibdagi hashar tadbiri o‘tkazildi.
Podstansiyada o‘tkazilgan obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari sanitariya-epidemiologik talablar hamda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda, kuchlanish ostida bo‘lmagan elektr qurilmalari yonida amalga oshirildi.
Ma'lumot o‘rnida: joriy yilning 12-may sanasida 220 kVli «Sirg‘ali» podstansiyasida «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati tomonidan Press-tur hamda Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati