“Nurafshon” sanatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi farmoyishi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2022-yil 27-apreldagi 97-sonli buyrug‘iga asosan umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Hasharda 48 nafar ishchi-xodimlar sanitariya-epidemiologik talablar, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etgan holda ishtirok etishdi.
Hasharda sanatoriya hududida odobonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, ekin maydonlari, ariqlar begona o‘tlardan tozalandi.
Mingdan ziyod mevali va manzarali daraxtlarning osti yumshatildi, oqlandi. Turli-tuman gullar ekildi.
Olimjon Xasanov, “Nurafshon” sanatoriyasi bosh hakimi
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati