O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 199-F-sonli farmoyishi hamda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining 2022-yil 27-apreldagi 97-son buyrug‘iga asosan, bugun, 2022-yil 30-aprel kuni “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi barcha bo‘lim, xizmat hamda podstansiyalarda sanitariya-epidemiologik talablar hamda hududlarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Bugungi hasharda jami bo‘lib 280 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etishdi. Ayniqsa, farg‘onalik energetiklarning obodonchilik ishlarida Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari faol ishtirok etishdi.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati