O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 199-F-sonli farmoyishi hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2022-yil 27-apreldagi 97-son buyrug‘iga asosan, bugun, 2022-yil 30-aprel kuni “Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi barcha bo‘lim, xizmat hamda podstansiyalarda sanitariya-epidemiologik talablar hamda hududlarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Barcha ishchi-xodimlarmiz tomonidan hududimizdagi ichki yo‘laklarimizning beton to‘siqlari oqlandi, supurib tozalandi. Maxsus chiqindixonalarga avtotransport yordamida hududlardan to‘plangan chiqindilar yig‘ilib olib borildi.
Tozalikka e'tibor qaratish har birimizning insoniy burchimiz sanaladi. Atrof-muhitning toza, ozoda, go‘zal va ko‘rkam bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq. Toza hududda yashash va undan nafas olish sog‘ligimiz uchun naqadar foydali ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Zero, xalqimiz tomonidan “tozalik — sog‘lik garovi” degan naql bejiz aytilmagan.
«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati