O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ-764-son Qonuni ijrosini ta'minlash to‘g‘risida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining 2022-yil 20-apreldagi 91-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Buyruqning 3-bandiga ko‘ra, Aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, 2020-yil 13-noyabr sanasida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan 354-sonli buyruq bilan tasdiqlangan hamda Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-saytiga yuklangan quyidagi ichki lokal hujjatlar bilan barcha ishchi-xodimlarni tanishtirish lozimligi belgilangan:
✔️ «O‘zbekiston MET» AJ xodimlarining ommaviy axborot vositalari, blogerlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot tarqatish vositalari orqali ma'lumotlarni oshkor qilish, intervyu berish, chiqishlar qilish tartibini belgilash to‘g‘risida Nizom;
✔️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xavfsizligi qoidalari to‘g‘risida Nizom;
✔️ «O‘zbekiston MET» AJ Axloq kodeksi.
Batafsil
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/34
«O‘zbekiston MET» AJ Ахборот хизмати