8-mart sanasi har yil mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanishi nazokatli opa-singillarimizga bo‘lgan alohida e’tibor va hurmat namunasi, aslida.
⚡️ “Samarqand magistral elektr tarmoqlarii” filialida ham boshqa korxona va tashkilotlardagi kabi qadrli ayollarimizga, aziz opa-singillarimizga, munis onaxonlarimizga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, oilalarni mustahkamlash, jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini yanada yaxshilashda ayollarning o‘rni beqiyos ekanligi e‘tirof etildi.
Tadbir doirasida filialimizning munis ayollarimizga bayram tabrigi o‘qib eshittirildi hamda barcha xotin-qizlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ishchi-xodimlarimiz tomonidan aytilgan she’rlar va tabrik so‘zlari bayramga o‘zgacha fayz va shukuh baxsh etdi.
✍️ “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali Yoshlar Ittifoqi a’zolari
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati