Barcha ayollarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.
Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz, yeru osmonsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham mo‘tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizsiz tasavvur etolmaymiz.
✨ Sizlar biz uchun, avvalo, muqaddas Ona, aziz Vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-g‘ayrat manbaisiz.
Biz har bir ayol timsolida, avvalo buyuk zot — Ona siymosini ko‘ramiz. Shu bois mo‘tabar onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni insoniy burchimiz, deb bilamiz.
Sizlarni 8 mart bayrami bilan yana bir bor chin qalbimizdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.
https://t.me/toshkentshaharMET
✍️ "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali jamoasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati