O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Ilmiy kengash qarorining 2021-yil 6-iyundagi 42-sonli bayoniga asosan, Toshkent viloyati iste'molchilarining elektr ta'minotiga ortib borayotgan talabini qoplash maqsadida, uzunligi 18 km bo‘lgan ikki zanjirli 110 kV kuchlanishli L-19-D havo elektr uzatish tarmog‘ini “Sirg‘ali” podstansiyasiga “kirish-chiqish” sxemasi orqali ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur 110 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ini qurish ishlari soha mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Qurilish montaj ishlari joriy yilning oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
✍️ Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati