Siz azizlarni jamoamiz nomidan 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etaman.
Milliy til — kurrai zaminimizdagi barcha xalqlar va millatlarning madaniy o‘zagi, asosiy muloqot manbai hisoblanadi. Ona tilimiz orqali alla eshitganmiz, oilada tarbiya, o‘quv muassasalarida ta'lim olganmiz, urf-odat, an'ana va madaniyatlarimiz ruhiyatimizga singgan.
► 1989-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlanishi ham belgilab qo‘yilgan.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston ahlini, jahon mamlakatlaridagi vatandoshlarimizni, qolaversa energetika sohasi jonkuyarlarini bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, barchangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-baraka, tinchlik-omonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Dadajon Aynaqulovich Isaqulov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
‖ Veb-sahifa http://uzbekistonmet.uz
‖ Telegram http://t.me/uzmetaxborotxizmati
‖ Facebook https://www.facebook.com/
‖ Instagram https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
‖ Twitter https://twitter.com/uzbekistonmet
‖ Utube https://utube.uz/ru/users/7208
‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati