Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov tomonidan 2021-yil 14-sentabrdagi tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq bugun, 2021-yil 24-sentabr kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati xodimlari, asosan ofislarda xizmat qiluvchi ma'muriyat mutaxassislarining navbatdagi press-tur tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Press-turning navbatdagi manzili 2020-yilda qurib foydalanishga topshirilgan, yangi, zamonaviy qurilma hamda asbob-uskunalar bilan jihozlangan 220 kV kuchlanishli «Sirg‘ali» podstansiyasi bo‘ldi.
Ma'muriyat — hisob-kitob, kadrlar bilan ishlash, ijro intizomi hamda boshqa tashkiliy-ma'muriy ishlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarda energetika ob'ektiga uyushtirilgan sayyohat bir olam taassurotlar baxsh etdi.
Navbatdagi press-tur kelgusi haftaning juma kuniga belgilangan.
"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati