Bugun, 2021-yil 17-sentyabr kuni Markaziy boshqaruv apparat xodimlari uchun 220 kV kuchlanishli “Qo‘yliq” podstansiyasiga sayohat uyushtirildi.
Press-tur davomida Markaziy boshqaruv apparati — asosan ma'muriy ishlar bilan shug‘ullanuvchi xodimlariga "O‘zbekiston MET" AJ tasarrufida qurilayotgan yangi podstansiyalar va elektr uzatish tarmoqlari ko‘rsatildi (tayanchlarni o‘rnatish, tarmoqlarni ta'mirlash va h.k), shuningdek, elektr ob'ektlarida olib borilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Eslatib o‘tamiz, rahbariyat topshirig‘iga binoan keyingi press-tur, reja jadvaliga muvofiq, haftajuma kuni o‘tkaziladi.
"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati