Siz azizlarni jamoamiz nomidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etaman.
Bugun, 18-oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Renessans Hall” tadbirlar zalida Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “Yashil” energiyaga o‘tish istiqbollari: erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar” mavzusida panel sessiyasi tashkil etildi.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarining Elektr uzatish havo liniyalari xizmati tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Bugun, 2024-yil 17-oktabr kuni Qozog‘istonning “KEGOC” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 42-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etmoqda.
2024-yilning 15-18-oktabr kunlari Minsk shahrida 28-Belarus energetika va ekologiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida “EnergyExpo-2024” xalqaro ko‘rgazmasi, «Innovatsion sanoat va neft-kimyo texnologiyalari», “AtomEkspo-Belarus”, “EkspoSvet” kabi shoʻbalar o‘rin olgan. Tadbir davomida, shuningdek, «Suv va havo texnologiyasi”, “EkspoShahar”, “Ekspo-Trans” va boshqa yo‘nalishdagi biznes-dasturlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.
⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari 1-oktabr sanasigacha yakunlanib, tegishli tashkilotlar dalolatnomalari orqali tasdiqlandi, bu haqda yuqori turuvchi tashkilotlarga hisobotlar taqdim etildi.
Energiya resurslaridan samarali (ratsional), ya‘ni oqilona foydalanishga qaratilgan jarayonlar majmui — energiya samaradorligiga beriladigan birlamchi ta‘rifdir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. Bu shaharning asosi va drayveri - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati. Iqtisodiyot, ish o‘rinlari, uy-joylar, madaniyat va ta’lim maskanlari ushbu majmua negizida shakllangan.
«O‘zbekiston–24» radiokanalida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov Aksiyadorlik jamiyatining 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumani haqida axborot berdi.
Yangiyo‘l tumanida 14-oktabr kuni Toshkent viloyatidagi muhim loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 2024-yil 14-oktabr kuni soat 17:19 da «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasidagi AT-1 va AT-2 transformatori rele himoyasi va avtomatika tizimidan favqulodda o’chdi.
Yangiyo‘l tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasi Toshkent viloyati iqtisodiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu yerdagi korxonalarda mahalliylashtirilgan, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Ma’lumki, mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, aholining turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib bormoqdi. Ma’lumotlarga ko‘ra so‘nggi 6–7-yilda mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab kamida 35–40 % ga oshgan va bu yildan yilga ortib bormoqda.
«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida investitsiya loyihalari haqida axborot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktyabrda “Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 652-son qarori qabul qilindi.
«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumani haqida axborot berildi.
Jamiyatning veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilmoqda.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarning 2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari” yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
❗️Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti, bosh sahifasida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma’lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Ma'lumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.
AOKAda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati shu mavzuda matbuot anjumani boshlandi.