Bugun, 2024-yil 14-fevral kuni “Turkmanenergo” davlat energetika korporatsiyasi raisi D. Elyasov boshchiligidagi delegatsiya hamda “O‘zbekiston MET” AJ rahbariyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bugun «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialida ikki buyuk ajdodimiz: Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur ijodini o‘rganish — saodat erishish” mavzusida ma’naviyat soati oʻtkazildi.
Yoqilg'i-energiya resurslaridan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini o'rnatish maqsadida aholi tomonidan Energetika vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko'rib chiqilishi belgilangan.
Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Peshku va Gʻijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan boʻlgan 2 ta (jami 1000 MVt) shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda gaz taʼminoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Agrar davlatdan katta tezlikda sanoatlashuvga erishgan, elektr quvvati bo‘yicha AQShni ortda qoldirib dunyo yetakchisiga aylangan Xitoyning muvaffaqiyat tarixi – bu o‘lkaning bir nechta shaharlarida bo‘lib qaytgan Kun.uz muxbiri nigohida. Xitoyda elektr energiyasi narxi qancha, u yerda ham svet o‘chadimi? Reportajda shu kabi savollarga ham javob topasiz.
Joriy yilning 7 – 9-fevral kunlari Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura, IIV, hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 23 ta holat aniqlandi.
Dunyoda aholi soni o‘sib borar ekan, u bilan parallel ravishda elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoj ham oshadi. Yer yuzidagi tabiiy resurslarning chegaralangani, insoniyatni yangi energiya manbalarini izlab topishga undamoqda. Dunyoning 1-raqamli mamlakatiga aylanish uchun kurashayotgan Xitoy ayni shu sohada katta yutuqlarga erishdi.
Xitoyning yashil energetikaga oid tajribasini o‘rganish maqsadida press-tur tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Press-tur davomida ishtirokchilar Xitoyning Chendu va Sian shahridagi energetikbkompaniyalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi.
«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialiga tarkibidagi 220 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasida 125 MVA quvvatli eski transformator o‘rniga yangi, 250 MVA quvvatli transformator o‘rnatish qurilish-montaj ish jarayonidan fotosuratlar.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida tashkil etilgan navbatchi guruhlar brigadasi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazilmoqda.
Barchamizga maʼlumki, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz portaliga joylashtirilgan.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-906-son, 07.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi
Soat 07:30 holatiga ushbu hududlarda yuz berayotgan kuchli shamol ba’zi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab bo‘lgan. Buning natijasida Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta iste’molchi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta iste’molchi) quvvat bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlar oldini olish maqsadida tashkil etilgan va tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.
Bu yerda bizni qiziqtirgan yo‘nalishlarning yana biri xitoyliklarning energiya tejamkorligiga intilishi hamda aholi uchun narxlar masalasi bo‘ldi.
Natijada 1 millionga yaqin odam yashaydigan Qirg‘iziston poytaxtida issiqlik va elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi.
Kecha, 3-avgust kuni Xitoyning “China Gezhouba Group Investment Company Co. LTD” kompaniyasi tomonidan Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 1 000 MVt bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida “Longi” kompaniyasining ilk 20 MVt quvvatli quyosh panellarini O‘zbekistonga jo‘natishga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod tumanida barpo etilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasida kuchli shamol tufayli quyosh panellariga zarar yetganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Xitoy Xalq Respublikasi energetika tizimi, unda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar hamda raqamlashtirish jarayoni bilan tanishish maqsadida yurtimizdagi qator ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlarning mazkur mamlakat energetika kompaniyalariga press-turi tashkil qilindi.