© Yosh energetiklar tomonidan tayyorlangan bayram tabrigi (havaskorlik roligi)
«9 may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali ma'muriyati Filialning kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda bir nechta tadbirlar o‘tkazmoqda.
✅ Ta'kidlash joizki, «Xotira va qadrlash kuni» tom ma'noda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongu shuurida o‘tganlarni yod etish, tiriklarni qadrlash, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishdek insoniy fazilatlarni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.
Qadrli hamkasblar!
9 may — Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi bilan barcha Ikkinchi jahon urush qatnashchilari, baynalminal jangchilar hamda mehnat faxriylarini samimiy tabriklaymiz.
⇒ Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, xonadonlaringizga fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik tilaymiz.
Hurmat bilan,
✍️ «Toshkent shahar MET» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati