«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021-yilda investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan jalb etilgan tashqi qarz miqdori jami bo‘lib 306.1 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Shundan, 2021-yil davomida xalqaro moliya institutlari tomonidan davlat kafolati ostida jalb etilgan kredit majburiyatlari bo‘yicha chet el valyutasidagi hisobi 22,6 mln. AQSh dollari miqdorida kredit qarzdorliklarini so‘ndirish rejalashtirilgan.
Misol uchun, joriy yilning yanvar-aprel oylarida 8,1 mln. AQSh dollari miqdorida qarzlar kredit grafigiga asosan o‘z vaqtida to‘lab berildi.
2021-yil 1-may holatiga muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emas.
N.Abdullayeva, «O‘zbekiston MET» AJ Moliyaviy menedjment,
biznes etika, shaffoflik va komplaens bo‘limi boshlig‘i
Ma'lumot o‘rnida: Xalqaro moliya institutlari tomonidan davlat kafolati ostida jalb etilgan kredit mablag‘lari qancha miqdorda qaysi investitsion loyihalarga jalb etilgani Aksiyadorlik jamiyatning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, UTube) tahliliy maqola, bayonot, xabar va ma'lumotnoma shaklida e'lon qilib borilmoqda.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati