“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–683-son Qonun qabul qilindi.
☑️ Qonun “Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonun bilan qonunchilik amaliyotiga kiritilayotgan ayrim o‘zgartirishlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqildi.
☑️ Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi.
☑️ O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir.
❗️ Qonunchilikda “qonun hujjatlari” so‘zlari “qonunchilik” so‘zi bilan almashtirildi.
Manba: Adliya vazirligining 2021-yil 29-apreldagi 8/07-1/1958-son murojaati, https://t.me/huquqiyaxborot
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati