Barchangizga bahor bayrami — Navro'zi olam muborak bo'lsin! Tun bilan kun tenglashadigan sharqona yangi yil — Navro'z ayyomi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, energetika sohasi vakillarini, xususan Aksiyadorlik jamiyatimizning ko'psonli ishchi-xodimlarini samimiy muborakbod etaman!
Qadrli do'stlar!
Shu kunlarda yurtimizning barcha go'shalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli obodonchilik, ko'kalamzorlashtirish ishlarini ko'rib ko'z quvonadi. Azal-azaldan bahor va Navro'z sharofati tufayli tashkil etiladigan hasharlar va boshqa xayrli tadbirlarda keksa-yu yosh faollik bilan ishtirok etadi.
Aziz hamkasblar!
Jamiyatimizning ahil jamoasi bahor ayyomi — Navro'zi olamni yorug'yuz, ko'tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Aksiyadorlik jamiyatimiz 2021-yilgi rejalarni sharaf bilan bajarish uchun tunu kun mehnatda.
Yana bir bor barchangizni Navro'z — umumxalq bayrami bilan qutlayman. Bahor bayramingiz muborak bo'lsin, aziz hamkasblar!
Dadajon Isaqulov, "O'zbekiston MET" AJ boshqaruvi raisi
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati