Ushbu sport tadbirida mamlakatimizdagi vazirliklar, davlat idora va tashkilotlarining 150 nafardan ziyod "sport targ'ibotchi"lari, shuningdek 20 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Festival doirasida sport musobaqalari hamda o'quv seminarlar tashkil etildi.
Ushbu sport tadbirida "O'zbekiston MET" AJ sport targ'ibotchisi Odiljon Vohidov ham ishtirok etib, Energetika, Investisiyalar va tashqi savdo hamda Qurilish vazirliklari, ATB "Ipoteka bank, "Sport" telekanali targ'ibotchilaridan iborat jamoa bilan basketbol musobaqalarida faxrli 2-o'rinni egalladi.
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
Kanalga a'zo bo'lish uchun https://t.me/uzmetaxborotxizmati