“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Ichki audit xizmati boshlig‘ini tanlash uchun tanlov e'lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- auditorning ma'lumotnomasi (rezume);
- auditorning pasporti va diplomining nusxalari;
- auditor (mavjud bo‘lsa) va ichki auditorlik guvohnomasining nusxasi;
- tanlov uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- Oliy ma'lumot;
- Buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati bo‘yicha so‘nggi o‘n yil ichida kamida besh yil ish tajribasi;
- Energetika sohasi to‘g‘risida yetarli darajada ma'lumotga ega bo‘lish;
- Ixtisoslashgan auditorlik ko‘nikmalarini bilish va ularni qo‘llash qobiliyati, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini bilish.
Diqqat, tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2021-yil 1-martgacha qabul qilinadi. Tanlovga oid hujjatlar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga info@uzbekistonmet.uz yoki uzbekiston_met@exat.uz elektron pochtlari orqali yoki Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy pochta manziliga yuborilishi kerak. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun: 71-236-69-15.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘lish uchun https://t.me/uzmetaxborotxizmati